Ularning 50 tasi ekin maydonlarini masofadan monitoring qilish, yana 50 tasi esa, o‘g‘itlash, zararkunandalarga qarshi ishlov berish va agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Loyiha doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan mahalliy kadrlar ham tayyorlanmoqda. “O’zdavyerloyiha” DILI va uning hududiy bo‘linmalarining 30 nafar mutaxassisi dronlarni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilmoqda, kelgusida esa 100 nafar malakali operator tayyorlash rejalashtirilgan.