O'zbekistonning birinchi Milliy atlasi yaratildi. Unda nimalar aks ettirilgan?

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga asosan birinchi marotaba O'zbekiston Milliy atlasi yaratildi.

    O'zbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni o'zida jamlagan 2 jilddan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli ko'rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-ma'lumotnoma asari hisoblanadi.

    Atlasda Respublikamizning "Tabiiy-geografik o'rni va umumiy xususiyatlari", "Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari", "ekologiya va atrof-muhit muhofazasi", "Aholisi", "Ijtimoiy" va "Iqtisodiyot sohalari" hamda "Tarixi" aks ettirilgan.

    Milliy atlas, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining etuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy ta'lim va boshqa ilmiy maqomga ega bo'lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.