Qayd etilishicha, shu yil 6-martdan 2-aprelgacha 3,2 milliondan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qoʼyilib, bemorlardan qariyb 24 ming nafari hayotdan koʼz yumgan.
Tahlillarga koʼra, oʼtgan 28 kunda kasallanish koʼrsatkichi avvalgi toʼrt haftaga nisbatan 28 foizga, oʼlim holatlari esa 30 foizga kamaygan.
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus pasayish tendentsiyasi shunday davom etsa, joriy yilda COVID-19 pandemiyasi bekor qilinishini maʼlum qildi.
Tashkilotning Favqulodda holatlar boʼyicha qoʼmitasi aʼzolari ishtirokida may oyida boʼlib oʼtadigan navbatdagi yigʼilishda ayni shu masala ham koʼrib chiqilishi kutilyapti.
Ekspertlar kasallikni jilovlashning eng toʼgʼri va samarali yoʼli toʼliq bosqichda hamda buster dozada emlanish, deb taʼkidlamoqda.