Shartnomaga muvofiq, endilikda:
ilk bor, Portsmut universitetining 100 nafar yuqori kurs talabalari va magistrantlari mamlakatimiz xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga 2023 yil mart oyidan jalb qilina boshlanadi;
respublikamizda ingliz tili o‘qituvchilari Portsmut universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlar asosida o‘qitiladi va TESOL xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi;
Portsmut universitetining malakali mutaxassislari Agentlik va xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalariga keng jalb etiladi;
oliy ta’lim muassasalarining ingliz tili o‘qituvchilari Portsumut universitetida malaka oshiradi;
davlat xizmatchilari uchun Portsmut universiteti bilan hamkorlikda Davlat boshqaruvi (Public Administration) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dasturi yo‘lga qo‘yiladi;
Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda shahar xalq ta’limi bo‘linmalariga Portsmut universitetidan 2023 yilda kamida 2 nafar menejer mutaxassislar jalb etiladi.