Hozirgi vaqtda tobora jiddiy muammoga aylanib borayotgan qum-chang boʻronlariga qarshi kurashish maqsadida Samarqand deklaratsiyasini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, transchegaraviy yoʻnalishlar tobora ommalashayotganini hisobga olib, Prezidentimiz qoʻshma turistik marshrutlarni joriy etish hamda “Ipak yoʻli” sayyohlik brendi ostida umumiy sayyohlik dasturlarini koʻpaytirishni taklif etdi.
"Har yili mamlakatlarimizda navbat bilan Madaniyat, sanʼat va kino haftaliklarini oʻtkazib borish, yoshlarning ijodiy festivallari va innovatsion hamkorlik platformasini yoʻlga qoʻyish, fundamental ilmiy yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish aloqalarimiz rivojiga kuchli turtki bagʻishlaydi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.