Nizomga muvofiq, davlat reyestri qadimiy yozma manbalarni hisobga olish va ularning saqlanishini nazoratga oluvchi hujjat hisoblanadi.

Davlat reyestri elektron va bosma koʻrinishda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan yuritiladi.

Davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid maʼlumotlar jamoatchilik uchun ochiq boʻlib, unga 1950-yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.

Muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari oʻzlaridagi yozma manbalarga oid maʼlumotlarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa shaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.

Yozma manba roʻyxatdan oʻtkazilganda guvohonma beriladi.

Yozma manbalar oʻgʻirlanganda, yoʻqotilganda 1 ish kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar berilishi kerak.