“Qamchiq” dovonida yoqilgʻi tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi

    Tashvishli xabar 1 Iyul 2021 632

    Hodisa natijasida yoqilgʻi quyish mashinasining salonida boʻlgan ikki kishi halok boʻlgan.

    Bugun soat 14:25 da Toshkent-Oʻsh xalqaro avtomobilʼ yoʻli “Qamchiq” dovonining 260-kilometrida Fargʻona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilgʻi tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yongʻin kelib chiqqan.

    Mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida sodir boʻlgan.

    Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasi zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini tezda oʻchirishga muvaffaq boʻldilar, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.