Nizomga koʻra, normativ qiymat normativ koʻrsatkichlar, yer kadastri, ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari va tuproq bonitet balli maʼlumotlarini hisobga olgan holda foyda, rentabellik asosidagi daromadli yondashuvdan foydalanib aniqlanadi.
Normativ qiymatni aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi.
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari normativ qiymatni aniqlash obyekti hisoblanadi.
Normativ qiymat Qishloq xoʻjaligi vazirligining «Oʻzdaverloyiha« davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan aniqlanadi.
Har bir qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning normativ qiymati toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuziladi.
Maʼlumotnoma qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun «Elektron hukumat« tizimi orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Normativ qiymatning hisob-kitobi natijalari ming soʻmgacha boʻlgan aniqlikda taqdim etiladi.








