Andijondan Xiva, Termiz va Qoʻngʻirotga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

    11-dekabrdan boshlab Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qoʻngʻirotga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Davlatimizda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hamyurtlarimiz va xorijiy turistlarning temir yoʻl tashuvlariga boʻlgan talablarini qondirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanishni boshlaydi:

    “Andijon — Xiva — Andijon” yoʻnalishi:

    126-sonli “Andijon — Xiva” yoʻnalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Andijon 08:28 — Xiva 06:58

    125-sonli “Xiva — Andijon” yoʻnalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Xiva 08:28 — Andijon 06:56

    “Andijon — Termiz — Andijon” yoʻnalishi:

    129-sonli “Termiz — Andijon” yoʻnalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Termiz 15:25 — Andijon 12:56

    130-sonli “Andijon —Termiz” yoʻnalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Andijon 14:28 — Termiz 11:27

    “Qoʻngʻirot — Andijon — Qoʻngʻirot” yoʻnalishi:

    128-sonli “Andijon — Qoʻngʻirot” yoʻnalishi 2022-yilning 11-dekabr kunidan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qoʻngʻirot 18:22

    127 sonli “Qoʻngʻirot — Andijon” yoʻnalishi 2022-yilning 13-dekabr kunidan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Qoʻngʻirot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27

    Chiptalarni nafaqat temir yoʻl kassalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz