Qozog'iston Prezidenti Ostonada O'zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoeva bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 5 Avgust 2024 1167

    Uchrashuv davomida ikki davlat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi ittifoqchilik va strategik hamkorlik munosabatlariga to'xtalib o'tgan Qosim-Jomart Toqaev prezident administratsiyalari o'rtasida yaqin aloqalar o'rnatish orqali yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish muhimligini qayd etdi.

    Axborot-mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ta'lim sohalarida, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratildi.

    Prezident Ostonada “Zakovat” xalqaro intellektual o'yini o'tkazilishni qo'llab-quvvatladi va bunday tadbirlar xalqlarimiz o'rtasida madaniy yaqinlashuvda muhim rol` o'ynashini ta'kidladi.