Qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuzilishi belgilandi. Ofis:
- qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori loyihalarni ishlab chiqish jarayonida ularning xavfsizlik va energiya tejamkorlikka javob berishini, qiymati sunʼiy oshib ketmaganini loyihachilar bilan birga baholab boradi;
- har yili maktab, bogʻcha, tibbiyot, yoʻl, ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti kabi sohalarning har birida kamida 2-3 tadan namunaviy loyihalar ishlab chiqadi.
Bundan buyon, Loyiha ofisining tavsiyasi boʻlmagan loyiha hujjatlari davlat ekspertizasiga qabul qilinmaydi.
Mutasaddilarga eskirgan 105 ta qurilish normalarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta ishlab chiqish topshirildi.
Bosh prokuraturaga qurilish materiallari sohasida qazib olishdan tortib, tayyor mahsulotni isteʼmolchiga yetkazishgacha barcha jarayonlarda yashirin iqtisodiyotga chek qoʻyish boʻyicha tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.
Byudjet hisobidan qilinadigan barcha xaridlar Soliq qoʻmitasining “Ye-ombor” platformasi orqali amalga oshiriladigan tartibni joriy qilish, qurilish materiallari klassifikatori elektron platformasini ishga tushirish yuzasidan ham topshiriqlar berildi.