Taʼkidlanishicha, soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol baʼzi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab boʻlgan.
Buning oqibatida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta isteʼmolchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta isteʼmolchi) quvvat bilan elektr taʼminotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.