Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev Samarqand viloyatidagi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida boʻldi.

Ushbu tibbiyot maskanida (gematologik) qon kasalliklari boʻyicha davolanayotgan bolalar uchun “Mehrli maktab” filiali ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Vazirning birinchi oʻrinbosari tibbiyot maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Eslatib oʻtamiz, “Mehrli maktab” loyihasi Oʻzbekistonda onkologik bemor bolalarga uzluksiz taʼlim berish uchun “Zamin” xalqaro jamoat fondi koʻmagida joriy etilgan.