Mutasaddilarga;
- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun kamida 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan “Sanoat ipotekasi” dasturini ishlab chiqish va bunga birinchi bosqichda 50 million dollar resurs yoʻnaltirish;
- Nukus shahri, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, Oʻzbekiston tumanlarida qurilish materiallari industrial zonalarini tashkil etish;
- Ispaniya, Italiya va Turkiyaning yetakchi korxonalari bilan muzokara oʻtkazib, Angrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil qilish;
- kelgusi yilda Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kaolindan klaster usulida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha kamida 200 million dollarlik 10 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.