“Sayyid Amir Kulol” ziyoratgohi qoshida “halol” yo’nalishdagi restoran ochiladi

    Buxoro viloyatining muqaddas qadamjolariga tutash hududlarida “halol” yo’nalishdagi restoran ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi telegram kanalida xabar berildi.

    Kogon tumanida joylashgan “Sayyid Amir Kulol” ziyoratgohi qoshida “Baxtiyorbek plyus” MChJ tomonidan loyiha qiymati 4.0 mlrd so‘mga teng, 250 kishiga mo‘ljallangan, milliy uslubda qurilayotgan restoranning qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

    Mazkur ob'yektning kuz mavumida ochilishi kutilmoqda.

    "Restoran barcha qulayliklarga ega bo‘ladi, viloyatga tashrif buyuruvchi ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e'tibor qaratiladi" deyiladi xabarda.