Sen urushni koʻrmagin, bolam!

    Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Prezident tabrigi oʻqib eshittirildi va 15 million soʻm pul topshirildi.

    Chirchiq shahridagi Sportchilar koʻchasi 48-uyda istiqomat qiluvchi, Kudinov Nikolay Ivanovich Ikkinchi jahon uruoʻ qatnashchisi. Otaxon har doim qoʻllarini duoga ochar ekan, eng avvalo yurtga tinchlik va osoyishtalik soʻraydi. Chunki, u tinchlik eng oliy neʼmat ekaniga bir daydi oʻq hayotiga nuqta qoʻyishi mumkin boʻlgan qonli janggohlarda koʻp bora guvoh boʻlgan.

    Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari Zuhra Mirgaziyeva bir guruh mutasaddilar bilan uning xonadoniga tashrif buyurganda u olovli damlarini yana bir yodga oldi.

    Suhbat chogʻida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Prezident tabrigi oʻqib eshittirildi va 15 million soʻm pul topshirildi.

    Qoʻni-qoʻshni, qarindoshlar, yosh avlod vakillari ishtirokida uchrashuv katta tadbirga aylanib ketdi, kuy-qoʻshiqlar yangradi.

    Otaxon koʻzlarida yosh bilan bugungi kunlarga shukrona keltirdi.