Bugun Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, O'zbekiston musulmonlari idorasi, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda qoraqalpog'istonlik faollar bilan birgalikda Nukus shahrida Kamalovlar xonadonida bo'lib, Lyubov` ayaning oilasi va yaqinlariga ta'ziya bildirdik, Prezidentimiz va xalqimizning hamdardlik so'zlarini etkazdik. 

Qur'on tilovat etilib, marhumaning haqiga duo qilindi, deb yozmoqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov