«Sijjak» dam olish maskani qayta sotuvga qo'yildi

    Biznes 7 Oktabr 2022 1297

    Ushbu ob'ekt Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan. Dam olish maskani birinchi marta o'tgan yilning mart oyida ochiq kimoshdi savdosiga qo'yilgandi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi E-auksion saytida Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan «Sijjak» dam olish maskanini yana sotuvga qo'ydi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, er uchastkasining umumiy maydoni 5,38 gektar, bino va inshootlar maydoni 4039,56 kvadrat metrni tashkil etadi. Majmua hududida mehmonxona binolari, bir nechta suzish havzalari, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud.

    Boshlang'ich bahosi — 70 milliard 68 million so'm. Arizalar 7 noyabr` kuni soat 09:00 gacha qabul qilinadi, auktsion shu kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.