Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada liberallashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, milliy mahsulotlarimizni eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish va tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida muhim islohotlar oʻtkazilmoqda.
Buni birgina Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirgʻali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan amalga oshirilgan ishlarning raqamlardagi ifodasida koʻrishimiz mumkin.
Joriy yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida bojxona postida 32 633 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ular boʻyicha 1 trln. 972 mlrd.soʻmlik bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga oʻtkazildi.
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bojxona toʻlovlaridan 840,3 mlrd. soʻmlik imtiyozlar berildi.
Shuningdek, mazkur bojxona postida 4 972 ta bojxona koʻrigi jarayonlari amalga oshirilib, 198 ta holatda 1 mlrd.948 mln. soʻmdan ortiq qiymatdagi noqonuniy tovarlar borligi aniqlandi. Shuningdek, 7,2 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.
Xavfni boshqarish tizimi doirasida tovarlarga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga nazar solsak, ularning 16,5 foizi qizil, 44,6 foizi sariq hamda 38,8 foizi yashil yoʻlaklarda soddalashtirilgan tartibda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazildi.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yaratilgan qulayliklar tadbirkorlar tomonidan, ayniqsa eksportyorlar tomonidan toʻla qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Post xodimlari esa mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga xamohang tarzda oʻzlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarib, tunu kun mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda.
Azamat QODIROV,
“Sirgʻali” bojxona posti katta inspektori