Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi 1988-y.t., fuqaro S.F. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjeri orqali taklif qilingan "Agrobank foizsiz kreditlar“ sarlavhali guruhga kirib, undagi eʼlon boʻyicha onlayn kredit olmoqchi boʻlib, bank karta maʼlumotlarini zararli havolaga kiritgani, shundan soʻng uning bank kartasidagi jami 2.300.000 soʻm miqdordagi pullar nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganini maʼlum qilib, qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi, universitet talabasi, 2002-y.t., M.M. sodir etganligi aniqlangan va uning boshqa jinoiy qilmishlari fosh etilgan.

Holat boʻyicha, Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi.