Nashrlarda Toshkent davlat yuridik universiteti e’tirof etilib, O‘zbekistonning eng yetakchi universiteti sifatida qayd etildi.
QS tomonidan TDYU va uning xalqaro reytinglardagi muvaffaqiyatlari, QS Stars xalqaro reytingidagi yutuqlari va uning universitet brendiga ta’siri bo‘yicha maqola tayyorlanib, turli veb saytlarda e’lon qilindi. Ularda QS Stars tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetining ta’lim sifati (Teaching) va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanganlik darajasi (Employability) yo‘nalishi bo‘yicha jahonda 5 yulduzli universitet sifatida e’tirof etilishi juda katta natija ekani alohida ta’kidlanib, TDYU tajribasi dunyo universitetlariga namuna bo‘lgani qayd etildi.









