Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, unga fuqaro J.R.ga tegishli yer maydonida qurilgan turar joy binolarini noturar mulk obyektiga oʻtkazib berishi evaziga 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.