Uch mingga yaqin yangi ish o'rnlarii yaratishlish arafasida

    Toshkent viloyatining Qibray tumanida, yangi korxonalarni ishga tushirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirlmoqda.

    Tumanda joriy yilning birinchi yarim yilligida 11 ta loyiha doirasida 11 million 182 ming AQSH dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri Buyuk Britaniya, Filippin, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya va Italiya davlatlaridan investitsiyalar oʻzlashtirildi.

    Shuningdek, umumiy qiymati 4 trillion 704 milliard 953 million soʻm oʻzlashtirilishi hisobiga 60 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Uning natijasida 3 mingga yaqin yangi ish oʻrni tashkil etish koʻzda tutilgan. Soʻnggi 6 oy davomida umumiy qiymati 782 milliard 550 million soʻm oʻzlashtirilishi hisobiga 12 ta loyiha ishga tushishi natijasida 790 ta yangi ish oʻrnlari yaratildi.

    Jumladan, “MS-Barer Textile” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonaning umumiy qiymati 62 million AQSH dollar boʻlgan “toʻqimachilik va maxsus kiyimlar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi va 400 ga yaqin fuqarolar ish bilan taʼminlandi. Shuningdek,“EURASIA BOTTLERS” MCHJning umumiy qiymati 4 million yevroga teng boʻlgan “Salqin ichimliklar ishlab chiqarish” loyihasi ishga tushishi tufayli esa 80 ta va “Perfect textile company” MCHJda esa umumiy qiymati 4 milliard soʻm boʻlgan tirikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasining ishga tushishi natijasida 200 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

    Yil yakunigacha, Salar hududida “AKSA ENERJI TASHKENT” MCHJ tomonidan quvvati soatiga 240 MVt va “CENERGO” MCHJ tomonidan 240 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va filippinlik sarmoyadorlarning “Liwayway Food” MCHJ oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan korxonasini ishga tushirish orqali 700 nafarga yangi ish oʻrni yaratishkoʻzda tutilmoqda.

    Elbek Shoyim,

    Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xodimi