Vang Van CHun: “O'zbek va xitoy xalq tabobatining o'zaro o'xshash jihatlari ko'p”

    Suhbat 5 Sentabr 2020 3996

    Ayni kunlarda xitoylik bir guruh shifokor mutaxassislar yurtimizda bo'lib turibdi. Ulardan biri, TSzyansi an'anaviy xitoy tabobati universiteti klinikasi bosh shifokor o'rinbosari, professor Vang Van CHun bilan suhbatlashdik.

    – Aytingchi, Xitoy xalq tabobati koronavirus infektsiyasining oldini olish va davolashda qay darajada o'z samarasini bermoqda?

    – Ma'lumki, o'tgan yil so'nggi va joriy yil boshida Xitoyda koronavirus infektsiyasi avjiga chiqdi. SHu davrda “COVID-19” qarshi kurashish uchun Uxan shahriga 42 ming nafar xitoy xalq tabobati vakillari safarbar qilingan bo'lsa, ularning birontasi ham infektsiyani yuqtirib olmadi. Buning sababi, birinchidan, himoya vositalaridan to'g'ri foydalanganida bo'lsa, ikkinchidan, profilaktika maqsadida xalq tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qabul qilganliklaridir. TSzyansi proventsiyasida ham koronavirusga chalingan mingdan ziyod bemorlarning aksariyati bevosita xalq tabobati yo'li bilan tayyorlangan dori vositalaridan foydalanib shifo topishdi.

    An'anaviy xitoy tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qo'llagan holda to'rt yo'nalishda koronavirus infektsiyasi bilan muvaffaqiyatli kurashilmoqda. Birinchisi – kasallikni profilaktikasida, ikkinchisi – koronavirusni engil shaklda boshdan o'tkazayotgan bemorlarni davolashda, uchinchisi – engil shakldagi bemorlarning holati og'ir va o'rta og'irga o'tib ketmasligi uchun parvarish qilishda va oxirgisi – “COVID-19”dan sog'ayganlarni reabilitatsiya qilishda. O'zbekistonga ham ushbu dori vositalarini etkazib berilmoqda.

    – O'zbekiston va Xitoy xalq tabobatining o'xshash jihatlari nimada?

    – O'zbekistonga bir necha bor kelganman, qator viloyatlarda xalq tabobati bilan yaqindan tashishga harakat qilganman. YUrtingizda etishib chiqqan buyuk tabib Abu Ali ibn Sino asarlari bizda ham qo'llanma sifatida keng foydalaniladi. O'tgan qisqa vaqt ichida shunga amin bo'ldimki, yurtingizda xalq tabobati juda qadim o'tmishga borib taqaladi. Asrlar davomida aholi orasida keng qo'llanilib, yanada takomillashib kelgan.

    Xitoy tabobati ham qadimdan izchil rivojlanib kelgan. e'tiborli jihati, xitoy va o'zbek tabobatining o'zaro o'xshash jihatlari juda ko'p. Ayniqsa, bemorlarni davolash usullarida ko'plab o'xshashliklar mavjud. Kasallik belgilarini aniqlash, tashxis qo'yishda foydalaniladigan amaliyotlar ham o'zaro uyg'un. YUrtingizda qo'llaniladigan ko'plab dorivor giyohlar Xitoy xalq tabobatida ham keng foydalaniladi.
    Ushbu holatlar esa har ikki mamlakat xalq tabobatining hamkorlikda ishlashlari uchun keng imkoniyatlarga zamin yaratadi.

    – O'zbekiston tibbiyot xodimlarining koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarni davolashdagi sa'y-harakatlariga qanday baho berasiz?

    – YUrtingizda koronavirus qayd etilgan ilk kunlardan pandemiyaga qarshi jiddiy kurash olib borilmoqda. Bemorlarni davolashda shifokorlar tomonidan xalqaro standartlar asosida zarur chora-tadbirlar va davolash muolajalari amalga oshirilayapti. Ularning yuqori tajribasiga hamda bemorlarni davolashda ko'rsatayotgan ulkan matonatiga yuqori baho bergan bo'lardim.

    Tizimli sa'y-harakatlar natijasida bemorlarni samarali davolanishiga erishilmoqda.

    SHuningdek, o'lim ko'rsatkichlarining past bo'lishi ta'minlanmoqda. O'tgan davrda to'plangan malaka va tajribalar esa “COVID-19”ga qarshi yanada samarali kurashish imkonini bermoqda. Bunda yurtingiz shifokorlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borayotganimizdek xursandmiz.