Tanlovda mamlakatimiz hamda boshqa davlatlarda yashovchi barcha jurnalist va blogerlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:

- “Eng yaxshi tele-jurnalist”;

- “Eng yaxshi radio-jurnalist”;

- “Eng yaxshi bosma OAV jurnalisti”;

- “Eng yaxshi Internet-nashr jurnalisti”.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar soʻraladi:

- “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati, uning rivojlanish yoʻnalishlari, yurtimiz ijtimoiy hayotida tutgan oʻrni hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berish;

- “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish boʻyicha yoʻlga qoʻyilayotgan yangicha samarali tizimlarni ochib berish;

- respublikamiz aholisi, shu jumladan, yoshlar uchun “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi sport seksiyalari va toʻgaraklari hamda ommaviy texnik kasblarga oʻqitish kurslarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida ommani xabardor qilish;

- bolalar, oʻsmirlar va yoshlarda “Vatanparvar” tashkiloti safiga kirish xayrixohligini va ishtiyoqini uygʻotish.

Tanlovni oʻtkazish tartibi va muddatlari:

- tanlov bir bosqichda oʻtkaziladi;

- tanlov komissiyasi 2021-yilning 23-noyabriga qadar eng yaxshi ishlarni tanlab, gʻolib va sovrindorlarni aniqlaydi;

- ishtirokchilar oʻz materiallarini (yaʼni maqola, blog, koʻrsatuv, videorolik, eshittirishlarni) joriy yilning 1-noyabriga qadar tanlov komissiyasi koʻrib chiqishi uchun quyidagi manzilga yuborishlari lozim:

100017, Toshkent shahri, Osiyo koʻchasi, 86-A uy, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi.

Elektron manzil: matbuot@vatanparvar.uz

Telefon: (71) 235-52-63.

Tanlovga kelgan materiallarni oʻrganish tartibi:

- tanlovga ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye, radio, bosma nashrlar, veb-saytlar yoki messenjer va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalarda eʼlon qilingan materiallargina qabul qilinadi.

- tanlov komissiyasi har bir jurnalistik materialni xolislik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda oʻrganadi.

Jurnalistlardan qabul qilinadigan materiallar:

- bosma nashrlardagi materiallar davriy nashrlarda, Internetdagi maqolalar esa A-4 formatdagi qogʻozda eʼlon qilingan sayt manbasi koʻrsatilgan holda taqdim etilishi lozim. Ishning hajmi – 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda boʻlishi kerak.

- telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar diskka koʻchirilgan holatda taqdim etilishi lozim (texnik nosoz deb topilgan ishlar koʻrib chiqilmaydi).

- material yozilgan elektron manba (CD, DVD, flash) tanlov ishiga ilova qilinadi.

Titul varagʻida quyidagilarni koʻrsatish lozim:

- muassasa nomi, pochta indeksi va manzili;

- ish mavzusi;

- muallif haqida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, pochta indeksi, uy manzili, telefon raqami);

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ishlar tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Qabul qilingan ishlar qaytarilmaydi.

Gʻoliblarni taqdirlash:

- tanlov gʻoliblari “Vatanparvar” tashkiloti hisobidan xarid qilingan va tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanadi;

- gʻoliblar joriy yilning 23-noyabrida – “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topgan kunga bagʻishlangan tantanali marosimda taqdirlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi

“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati