Ogʻirligi 316 tonna boʻlgan 42 ta konteyner ortilgan birinchi poyezd 13-aprel kuni Sian shahridan joʻnab ketdi.
Sport anjomlari, kiyim-kechak va koʻrpa-toʻshak kabi tovarlar ortilgan yangi yoʻnalishdagi birinchi konteyner poyezdi 11300 km masofani Qozogʻiston, Ozarbayjon, Ruminiya, Vengriya, Slovakiya, Chexiya davlatlari orqali bosib oʻtib, Germaniyaning Mangeym shahriga yetib boradi.
Ushbu yangi yoʻnalishdagi konteyner poyezdlarining ishga tushirilishi transport samaradorligini oshirib, korxonalarga transport xarajatlarini kamaytirish imkonini berishi kutilmoqda. Bu haqida “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ xabar bermoqda