Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan kino haftalik start oldi

    Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan 7-11-may kunlari 9-may - Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan kino haftalik boʻlib oʻtadi.

    Bugun Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda kino xaftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda rejissyor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olingan “Matonat” hujjatli filmi va rejissyor Ali Hamroyev rahbarligi ostida 4 nafar yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Unutilmas qahramonlar” turkum 8 ta hujjatli filmlari premyera qilindi.

    Ochilish marosimida Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori Bahodir Odilov, “Respublika kinofondi” rahbari Eljon Abbosov, rejissyorlar Ali Hamroyev va Shuhrat Mahmudovlar soʻzga chiqishdi.

    Premyera avvalida filmlar haqida fikr bildirilib, ijodiy jamoa sahnaga taklif etildi. Soʻngra “Matonat” filmining premyerasi oʻtkazildi.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati