Shuningdek, ushbu tumanda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. 2018-2020 yillarda Turkiya davlatiga borib, u yerda “Tavhid va jihod” terroristik tashkilotining “Tavhid va Sunnat” nomli madrasasida diniy taʼlim olib, yashash manziliga qaytib kelgan va Telegram tarmog‘i orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.