JSSTning navbatdagi hisobotiga koʻra, soʻnggi toʻrt hafta ichida eng koʻp bemorlar quyidagi mamlakatlarda qayd etildi:

— Xitoy — 11,4 million,
— Yaponiya — 3,2 million,
— AQSH — 1,5 million,
— Janubiy Koreya — 1 million.
— Braziliya — 460 ming.

Eng koʻp oʻlim holatlari roʻyxatga olingan davlatlar:

— Xitoy — 62 759,
— AQSH — 14 625,
— Yaponiya — 10 122,
— Buyuk Britaniya — 3 137,
— Braziliya — 2 889.

Shundan kelib chiqib, JSST aholiga toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda, deya xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.