13-mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 32 934 nafar fuqarosi Vatanga qaytarildi. 

12-mart kuni mamlakatimizning Qatardagi elchixonasi tomonidan 49 nafar yurtdoshimiz BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazilib, so‘ngra Toshkentga uchib ketishlari ta’minlandi. Ayni paytda navbatdagi fuqarolar guruhi shakllantirilib, ularning Doha shahridan Dubay orqali O‘zbekistonga qaytishi masalalari ishlab chiqilmoqda. 

BAAdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan 147 nafar fuqaroning Toshkentga uchib ketishiga ko‘maklashildi. 

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi tomonidan 5 nafar vatandoshimizning qo‘shni davlatlar hududi orqali chiqib ketishi ta’minlandi. Vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolar bilan ishlar davom ettirilmoqda. 

Isroildagi diplomatlarimiz tomonidan 4 nafar fuqaroning Misr orqali O‘zbekistonga qaytishi tashkil etildi. 

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Jidda shahridagi bosh konsulxonasi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda charter reyslari orqali 2 735 nafar fuqaroning Vatanga qaytishi ta’minlandi. Mazkur mamlakatda evakuatsiya tadbirlari yakunlandi. 

O‘zbekiston fuqarolarining xavfsiz tarzda Vatanga qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati davom etmoqda.