Bugun Buxoroda IV Yosh liderlar forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur forum yoshlarning liderlik qobiliyatlarini va shaxsiy rivojlanish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida fan, taʼlim, tadbirkorlik, sanʼat va madaniyat, sport, media yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etildi.

Tadbir doirasida Buxoro shahri turkiyzabon davlatlar ichida “Birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” deb eʼlon qilindi.

Bizni quvontirgan jihati, anjumanda koʻplab yosh jurnalistlar ham ishtirok etishmoqda.