Quyidagilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

  • 16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashish;
  • “Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam oʻqib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;
  • “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.

Farmonga koʻra, 2026-yil 1-fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:

  • taʼlim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;
  • taʼlim jarayonida ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishish;
  • volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.