1-3-iyul kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etildi

    Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-iyulda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 1-iyulda +28...+33 daraja, 2-iyulda +30...+35 daraja, 3-iyulda +32...+37 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-iyulda +20...+25 daraja, 2-3-iyulda +18...+23 daraja, kunduzi 1-2-iyulda +30...+35 daraja, 3-iyulda +33...+38 daraja boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-2-iyulda +20...+25 daraja, 3-iyulda +18...+23 daraja, kunduzi 1 va 3-iyulda +32...+37 daraja, 2-iyulda +30...+35 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1-iyulda kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +36...+41 daraja, 2-iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +34...+39 daraja, 3-iyulda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 1-iyulda +32...+37 daraja, 2-3-iyulda +30...+35 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 1-iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, 2-3-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-2-iyulda +15...+20 daraja, 3-iyulda +12...+17 daraja, kunduzi 1 va 3-iyulda +23...+28 daraja, 2-iyulda +20...+25 daraja boʻladi.