1-apreldan 130 million dollar mablagʻ banklar ishtirokisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri tadbirkorlarga ajratiladi

    Hukumat 23 Mart 2023 1983

    Oziq-ovqat yetishtirishni koʻpaytirish uchun shu yilning oʻzida 6,2 trillion soʻm yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi.

    Jumladan:

    - Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablagʻlari uchun 700 milliard soʻm ajratiladi;

    - aholiga berilgan yerlarda koʻchat, urugʻ, oʻgʻit va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard soʻm beriladi.

    1-apreldan 130 million dollar mablagʻ banklar ishtirokisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri tadbirkorlarga ajratiladi. Bunda bank ustamasi boʻlmaydi va tadbirkor bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniga ega boʻladi. Ushbu mablagʻlar mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va xarid qilish, texnika sotib olish uchun 10 yilgacha 14 foizdan ajratiladi.

    Shu bilan birga, intensiv bogʻ va tokzorlar, logistika obyektlari tayyor qurilib, tadbirkorlarga lizingga beriladi. Endi, tadbirkor 20 foizini oldindan toʻlaydi, qolgan 80 foizini 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlaydi.

    Bunda tadbirkorlar oʻz loyihalarini Qishloq xoʻjaligi vazirligining shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzi moliyalashtiradi.