1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

    Mamlakatimizda 17 Noyabr 2023 2527

    “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–196-son, 17.11.2023-y.) qabul qilindi

    Farmonga koʻra, 2023-yil yil 1-dekabrdan:

    ➖byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga;

    ➖bazaviy hisoblash miqdori 3 foizga oshiriladi.

    Shunga koʻra:

    • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 soʻm;
    • bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 soʻm;
    • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming soʻm;
    • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming soʻm;
    • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 soʻm;
    • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 soʻm;
    • 1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 527 000 soʻm;
    • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 soʻm;
    • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 soʻm;
    • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 608 000 soʻm;
    • oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – 608 000 soʻm;
    • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 608 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 212 000 soʻmdan qoʻshiladi.

    Shuningdek, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 608 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.