1-fevral kuni respublikaning koʻplab viloyatlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

    Yashil sayyora 28 Yanvar 2023 1199

    Janub viloyatlarida kelayotgan hafta boshida harorat +13 darajagacha iliydi.

    Oʻzgidromet prognozlarida 31-yanvar va 1-fevral kunlari janub va voha viloyatlarida, 1-fevral kuni Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ham yomgʻir yogʻishi mumkinligi keltirilgan.

    Kelayotgan besh kunlikda vodiy viloyatlari va shimolda yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Mazkur nam havo oqimlari tunlari ham haroratni koʻtaradi. Janub viloyatlarida kelayotgan hafta boshida harorat +13 darajagacha iliydi.

    Turkmanistonda ham kelayotgan haftaning seshanbasidan boshlab yogʻinli mavsumlar boshlanishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati Turkmanistonning janubiy viloyatlarida +20 darajagacha koʻtariladi. Mazkur issiq havo toʻlqini Armaniston togʻliklaridan Kaspiy dengiz janubi orqali nam havo oqimlarini mintaqaga “tortadi”.

    Mazkur jarayon keyinroq Oʻzbekistonga ham taʼsir etmasdan qolmaydi. Yuqori ehtimol, fevral oyi boshlari Oʻzbekistonda bahoriy yomgʻirli ob-havo kutiladi.

    Yuqoridagi kartada 31-yanvar kungi yogʻingarchilik kartasi aks etgan.