Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar elektron tizim orqali aniqlanadi

Hukumatnig 26-son qaroriga asosan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga oid maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.

Yangi hokim oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-76-son qaroriga koʻra, 2022-yil 1-fevraldan boshlab:

- viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Shuningdek, Prezident qarorida Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilishi belgilangan.

Baliq yetishtiruvchilarning foyda, yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytiriladi

Prezidentning [PQ-83-son] qaroriga muvofiq, 1-fevraldan fuqarolaroʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida oʻz xonadonida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyishi mumkin.

Qolaversa, ushbu sanadan boshlab 2025-yilning 1-yanvarigacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan, biroq daromadining 80 foizidan ortigʻini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subyektlar uchun foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha reyting joriy qilinadi

Prezident [PQ-81-son] qarori bilan 1-fevraldan eksperiment tariqasida oʻz faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha reyting baholash tizimi joriy qilinadi. 2022-yil 1-iyuldan esa barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi

Prezident [PQ-57-son] qaroriga koʻra, 1-fevraldan boshlab Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha har chorakda qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.

Bunda, qisqa muddatli kurslarning oʻquv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarni inobatga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati hamda Oʻzbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga 2 yil davomida ustama toʻlanadi

Hukumat [34-son] qarori asosida 1-fevraldan taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarda (sinflar) ishlayotgan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama toʻlanadi. Bunda ustama oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida boʻladi.

Bunda rus tili boʻyicha Test of Russian as a Foreign Language (TORFL) xalqaro sertifikatining C1 darajasi, “Test po russkomu yazыku kak inostrannomu” (TRKI) xalqaro sertifikatining TRKI 3 darajasi, “Test po russkomu yazыku kak inostrannomu” xalqaro sertifikatining S1 darajasi hamda Common European Framework of Reference (CEFR) metodikasi boʻyicha S1 darajadagi sertifikatlar oʻzaro muvofiq hisoblanadi.

Elektron toʻlov cheklarida ham fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi oʻrnatiladi

Prezident [PQ-5252-son] qarori bilan 2022-yil 1-fevraldan boshlab toʻlov tashkiloti, tijorat banklarining elektron toʻlov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — “Marketpleys"-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar boʻyicha tranzaksiya-larning («P2P”, kredit toʻlovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi oʻrnatilsin.

Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga davlat byudjetidan har oy qoʻshimcha transfertlar ajratiladi

Prezident [PF-52-son] farmoniga koʻra, moliya vaziri Timur Ishmetovga 2022-yil 1-fevraldan 2023-yil 1-yanvarga qadar Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga har oyda 2,5 mlrd (jami 27,5 mlrd) soʻm miqdoridagi qoʻshimcha transfertlar Davlat byudjetidan ajratilishini taʼminlash yuklatilgan.

Hokimlarning qurilish boʻyicha oʻrinbosarlari ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalariga ham masʼul boʻladi

Prezident [PQ-76-son] qaroriga asosan 1-fevraldan boshlab viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tashkil etiladi.

Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritiladi. VM apparati tuzilmasidaa 3 nafar xodimdan iborat boʻlgan Ekologik nazorat boʻlimi tashkil etiladi.

Mahalliy farmatsevtlarga mahsulotlarni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarining 75 foizi qoplab beriladi

Prezident [PF-55-son] farmoni muvofiq, 1-fevraldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarining 75 foizi Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasidan qoplab beriladi. Buning uchun ular roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak boʻladi.