1-iyuldan davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari oʻzgaradi

    Transport 29 Iyun 2021 3279

    Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.

    Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga “DAV” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari beriladi.

    Davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda, chap tomonda — hududning kodi, oʻng tomonda — Oʻzbekiston bayrogʻi va “UZ” harflari boʻladi.