1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi joriy etiladi

    Hukumat 15 May 2023 2868

    Har yili kasb-hunarga oʻqitishga 200 milliard soʻm ajratilayotgani, ammo bu mablagʻlar tadbirkorlik subyektlarining mutaxassislarga ehtiyoji bilan bogʻlanmagani koʻrsatib oʻtildi.

    Xuddi shunday, tadbirkor ham yiliga katta xarajat qilib, oʻzi uchun minglab mutaxassis tayyorlashga majbur. Lekin bunda davlat qoʻllab-quvvatlovi kerak.

    Prezident aholi bandligini taʼminlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy ragʻbatlar taqdim etish zarurligini qayd etdi.

    Shu maqsadda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

    Dasturga 2023-2024-yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablagʻlar hisobidan: - kambagʻal oilalar aʼzosini kasbga oʻqitib, ishli qilish boʻyicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi; - tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga oʻqitish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.