Unga koʻra, Toshkent shahrida 1 kg palov tayyorlash uchun 115 491 soʻmlik bozorlik qilish kerak. Fargʻonada ham masalliqlar qiymati deyarli shuncha: 114 890 soʻm. Qoraqalpogʻistonda esa 1 kilo osh damlash eng arzon – 97 727 soʻmga tushadi.
Bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi (2025-yil dekabr oyi uchun):
- Qoraqalpogʻiston R. – 97 727 soʻm
- Andijon viloyati – 105 336 soʻm
- Buxoro viloyati – 107 175 soʻm
- Jizzax viloyati – 109 017 soʻm
- Qashqadaryo viloyati – 111 093 soʻm
- Navoiy viloyati – 109 169 soʻm
- Namangan viloyati – 108 030 soʻm
- Samarqand viloyati – 112 222 soʻm
- Surxondaryo viloyati – 111 002 soʻm
- Sirdaryo viloyati – 103 696 soʻm
- Toshkent viloyati – 111 857 soʻm
- Fargʻona viloyati – 114 890 soʻm
- Xorazm viloyati – 106 527 soʻm
- Toshkent shahri – 115 491 soʻm
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
- kungaboqar yogʻi – 0,3 l
- piyoz – 300 gr
- mol goʻshti – 700 gr
- sabzi – 1 kg
- guruch – 1 kg
- noʻxat – 100 gr
- zira – 10 gr
- osh tuzi – 20 gr
Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.