1 kunda Toshkent metropolitenida oʻrtacha nechta yoʻlovchi tashilishi ochiqlandi

    Birinchi yarim yillikda Toshkent metropolitenidan 1kunda oʻrtacha nechta yoʻlovchi foydalangani aniq boʻldi.

    Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

    Agentlikning maʼlumotlariga koʻra, shu yil yanvar iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.

    Shuningdek, 2023-yil yanvar iyun oylariga nisbatan bu koʻrsatkich 277,1 ming yoʻlovchiga oshgan.