Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining oʻrganishlariga koʻra, ushbu davlat xaridini amalga oshirish jarayonida buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan va boshqa qonunbuzilishi holatlariga ham yoʻl qoʻyilgan.
Xususan, xaridda ishtirok etgan 3 nafar talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining raisi va toʻrt nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.
Mazkur holatlar boʻyicha davlat xaridi oʻtkazilgan kunning oʻzida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentga yuborildi.
Agentlik taqdimnomasiga binoan Akademiya tomonidan 11-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.