1 milliard soʻmdan ziyod tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

    Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

    Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
    Natijada, ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 357 million soʻmlik, jami 3980 dona chilim uchun tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Shuningdek, yana bir xolatda fuqaro U.J. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirildi.

    Natijada, ushbu avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 603,9 million soʻmlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi.

    Tezkor tadbirlar davom ettirilib, fuqaro A.I. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi ham oʻrnatilgan tarzda koʻzdan kechirildi.

    Tekshiruv davomida ushbu avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari boʻlmagan, 90 million soʻmlik 36 dona televizorlar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 1 050 856 000 soʻmlik tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.