Davlatimiz rahbarining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ayni paytda tutzorlarni yangilanayapti, yangi tutzorlar barpo qilinmoqda.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruhi ayni kunda respublikamizning barcha hududida boʻlib, bu borada qilinayotgan ishlarga amaliy koʻmak bermoqda.
Joylarda mutaxassislar tomonidan oʻtkazilayotgan amaliy seminarlarda yangi tutzorlar tashkil etish, mavjudlarida mavsumiy agrotexnik chora- tadbirlarni amalga oshirish borasidagi muammolar oʻrganilyapti.
Bugunga kunda tutzorlar maydoni 52, 4 ming gektarga, yakka tut qatorlari esa 79, 9 ming tupga yetkazildi. Tarmoqdagi tutchilik xoʻjaliklarida joriy yilda 119, 9 ming tup tut koʻchati va nihollari yetishtirildi.
Joriy yil bahorgi tut ekish mavsumida 48,7 million tup tut koʻchatlari oʻtkazilib,yangidan barpo etilgan tutzorlar 3 ming 648 gektarni tashkil qildi. Kuzgi tut ekish mavsumida 1341 gektar yangi tutzorlar barpo etilib, 66,7 million tup tut koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda, Respublikamizning Andijon , Buxoro , Jizzah, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida tut koʻchati ekish va unga agrotexnik ishlov berish boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazildi. Qolgan viloyatlarda ham shunday seminarlar tashkil etilmoqda. Jonli muloqot tusini olayogan uchrashuvlarda muammo va kamchiliklar tahlil etilyapti. Pilla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va kasanachilarni koʻproq sohada joriy etilayotgan yangilik va oʻzgarishlar qiziqtirayapti.
Gulchehra Mirzayeva,jurnalist