Avval xabar qilinganidek, 2020-yil 1-noyabrdan boshlab metroning kassalarida jetonlar sotilishi toʻxtatildi. Lekin jetonlardan foydalanish joriy yil oxiriga qadar, shu jumladan 31-dekabrda ham davom etadi.
Buning uchun stansiyaning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket ishlab turadi. Jetonlar Chilonzor, Oʻzbekiston va Yunusobod yoʻnalishidagi stansiyalarda qabul qilinadi. Yangi “Yunusobod” va “Turkiston” stansiyalari bundan mustasno, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati