21 Apr 2025
18:22

    1-noyabrdan Oʻzbekiston -Qirgʻiziston chegarasida elektron navbat tizimi yoʻlga qoʻyiladi

    Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlari oʻrtasidagi “Kыzыl-Kiya” chegara oʻtkazish joyida yuk avtomobillari navbatini boshqarishning elektron tizimining pilot loyihasi amalga oshirila boshladi.

    Mazkur tashabbus logistik jarayonlarni optimallashtirish va 2022-2024-yillarda Qirgʻiziston Respublikasi Bojxona xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida transchegera savdosiga koʻmaklashishga qaratilgan.

    Loyiha Xalqaro savdo markazi tomonidan qoʻllab-quvvatlanyapti, hamda Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Jarayon 1-noyabrdan 15-dekabrgacha davom etadi. Elektron navbatni joriy etishdan asosiy koʻzlangan maqsad — bu chegaradan oʻtishni tezlashtirish, logistik xarajatlarni kamaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, ayniqsa kichik va oʻrta biznes vakillari uchun sharoitlarni yaxshilashdir, — deb izoh beriladi Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida.

    27-avgustda Iqtisodiyot vazirligi, Bojxona xizmati va Xalqaro savdo markazi vakillari “Kыzыl-Kiya” chegara oʻtkazish joyida boʻlib, yangi tizim bilan tanishib chiqdilar. Tashrif doirasida Bojxona va Chegara xizmati xodimlari uchun yangi texnologiyaga oʻtish boʻyicha seminar oʻtkazildi, deb xabar beradi 24 KG.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech