Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi
Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi
«Kambagʻallikdan farovonlik sari« dasturi ishga tushiriladi, u «Kambagʻal oilalar uchun yetti imkoniyat va masʼuliyat« tamoyili asosida amalga oshiriladi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, kambagʻal oilalarga qoʻshimcha 50 ming gektar ekin maydonlarini ijaraga berish;
- parvarishga muhtoj shaxslarni har kuni yoʻqlash asosida patronajni, bolalarni tarbiyalash va kunduzgi parvarish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
- ipoteka tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy «yashil« turar joy binolari qurish yoki rekonstruksiya qilish va boshqalar.
Tovar-xomashyo birjalariga yangi talablar qoʻyiladi
Litsenziya olish uchun tovar-xomashyo birjalari quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
- mulk huquqi asosida litsenziyalangan birja savdolarining elektron tizimi;
- umumiy xotirasi 100 TV boʻlgan server uskunalari va alohida maʼlumotlarni qayta ishlash markazi;
- elektron birja savdolari tizimining himoyasi;
- xizmat koʻrsatuvchi bank bilan integratsiya doirasida mablagʻlarni kiritish va hisobdan chiqarishni inson aralashuvisiz amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot.
100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlarni qayta moliyalash stavkalari kuchga kiradi
Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlashning kompleks dasturi doirasida 100 mln soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hududlar toifasidan kelib chiqib, mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalanadi, xususan:
- 5-toifaga – 12,5%;
- 4-toifaga – 13,5%;
- 3-toifaga – 14,5%;
- 2-toifaga – 17%;
- 1-toifaga – 18%.
Zargarlik buyumlarini nazorat qilishning yangi choralari belgilandi
Shunday qilib, xorijdan ishlab chiqarilgan va bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotuvga qoʻyish va sotish taqiqlanadi.
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus tovarlar roʻyxatiga kiritiladi.
Shuningdek, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasi boʻlmagan zargarlik buyumlari yarim fabrikatlarini Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
Elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishga cheklovlar
Chiqindilar bilan ishlash xizmatlari uchun toʻlov toʻlanmagan taqdirda (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno) abonentlardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishga vaqtinchalik cheklov kiritiladi.
Eski namunadagi aksiz markali spirtli ichimliklar va tamaki olib qoʻyila boshlaydi
Soliq va Bojxona qoʻmitalari eski namunadagi aksiz markali mahsulotlarni aniqlash va olib qoʻyishni boshlaydi.
«Eng toza mahalla« tanlovi boshlanadi
Noyabrdan yanvargacha tumanlar, viloyatlar va respublika darajasida «Eng toza mahalla« tanlovi oʻtkaziladi, uning natijalariga koʻra 14 ta gʻolib mahalla taqdirlanadi. Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan ularga chiqindi yigʻish maydonchalari qurish, mahallaning ijtimoiy obyektlarida chiqindi yigʻish konteynerlarini oʻrnatish va daraxt ekish uchun mablagʻ ajratiladi. Shuningdek, gʻoliblarga xizmat foydalanishi uchun bittadan elektromobil beriladi.
Binolar energiya samaradorligiga tekshiriladi
Maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun “A”, “V”, “C”, “D”, “Ye”, “F” va “G” toifalari joriy etiladi.
Bunda “A« toifasi eng yuqori energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni, mos ravishda «G” toifasi – eng pastini belgilash uchun qoʻllaniladi.