1-oktyabrdan “Shaffof qurilish” tizimini tadbirkorlar yuritadi

    Soʻnggi ikki yilda bozorga kirishdagi 13 ta eksklyuziv huquq bekor qilingan edi. Yaqinda yana 7 tasi bekor boʻladi. Bu orqali 1,5 mingdan ortiq tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyati yaratiladi.

    Misol uchun, mehmonxona faoliyatini sertifikatlash bilan akkreditatsiyasi bor barcha korxonalar shugʻullanishi mumkin boʻladi.

    Yoki, Qurilish vazirligidagi “Shaffof qurilish” tizimi orqali tender savdolari uchun hujjatlarni faqat vazirlik qoshidagi konsalting markazlari tayyorlab berayapti.

    Endi, 1-oktyabrdan xuddi Tadbirkorlik reytingi kabi “Shaffof qurilish” tizimini tadbirkorlarni oʻzi yuritadi. Konsalting markazlari funksiyalari toʻliq xususiy sektorga oʻtkaziladi.

    Prezident tadbirkorlar taklif bersa, davlat idoralari koʻrsatayotgan boshqa xizmatlarni ham xususiy sektorga berishga tayyorligini bildirdi.