Bu haqida “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmonida belgilangan.

Unga ko'ra, O'zbekistonda 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab qarindosh bo'lmaganlarni ularning roziligisiz “propiska”dan chiqarishga ruxsat berildi.

Mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo'lmagan shaxslarni (tanishlar, uzoq qarindoshlar) ushbu turar joydan doimiy ro'yxat — “propiska”dan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi. Taraflar o'rtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar bundan mustasno.