Bunda:
➖ ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bepul taqdim qilinadi;
➖ obyektlarni auksionga chiqarish uchun toʻlanadigan yigʻim bekor qilinadi;
➖ auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar u oʻtkaziladigan kundan 30 kun oldin eʼlon qilinadi;
➖ xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar ishtirokchilarga obyektni sotib olish boʻyicha auksion qadamiga bogʻlanmagan oʻz narx taklifini kiritish huquqi beriladi;
➖ sotilgan obyektning qiymati BHMning 5 ming baravarigacha boʻlganda, toʻlovlarni 10 ish kuni, 5 ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlganda toʻlovlarni 15 ish kuni mobaynida toʻlash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
➖ auksion gʻolibi toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortgan taqdirda, gʻolib hamda uning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsischilari auksionlardan chetlatiladi (toʻlovlarni toʻlamaslik holati birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga).
➖ auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
Mazkur tartib elektron savdo platformasi orqali sotilishi yoki ijaraga berilishi belgilangan barcha turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.